Riki Lambert: Terma jamoada o'ynash imkoniyatini oshirish uchun Sautgemptondan ketish haqida o'ylamaganman

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 17:20
"Sautgempton" hujumchisi Riki Lambert Angliya terma jamoasida o'ynash imkoniyati oshishi uchun kattaroq klubga o'tish haqida hech qachon o'ylamaganligini aytib o'tdi.
"O'z klubi futbolchisini Angliya terma jamoasi libosida ko'rish "Sautgempton" muxlislari uchun ko'p narsa anglatishini yaxshi tushunardim. Ular meni har doim qo'llab quvvatlashgan. Men ham terma jamoaga kirish uchun eng ko'p imkoniyat aynan mana shu klub orqali ekanini bilardim".

"O'tgan mavsumda Premer-ligadagi har bir uchrashuvda maydonga tushdim. Bunday imkoniyat har bir ingliz futbolchisida ham bo'lavermaydi".

"Biroq men hech qachon termaga olinish imkonini oshirish uchun klubni almashtirish haqida o'ylab ko'rmaganman", dedi Lambert.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru