Reyna ketadi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2018, 18:00
"Napoli" darvozaboni Pepe Reyna jamoadoshlariga klubdan ketishini ma'lum qildi.

35 yoshli futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi shu mavsum yakunlanadi.
Bu qarorini u qizining tug'ilgan kuniga tashrif buyurgan Marek Gamshik, Mario Rui, Dris Mertens, Xose Kalexon va Raul Albiolga aytib o'tgan.
"Futbol mendan ko'proq narsani talab qilmoqda. Bu "Napoli"dagi so'nggi mavsumim. Futbol shunday: bugun bu yerda, ertaga boshqa joyda bo'lasan", - dedi futbolchi Il Mattino jurnalistiga.
Bu mavsumda Reyna barcha turnirlarda 34 uchrashuvlarda maydonga tushib, 29 gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Mattino