Reyna faoliyatini qayerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi

25 fev 2016, 23:11
"Napoli" sharafini himoya qilib kelayotgan Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Pepe Reyna faoliyatini Italiyada yakunlamoqchi.


"Men faoliyatimni "Napoli"da yakunlamoqchiman. Bu yerda barcha odamar futbol bilan yashashadi. Men "Napoli"da qolishni o'ylayapman. Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ham ushbu shaharda butunlay qolish niyatim ham yo'q emas", - deydi Reyna.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia