Reshfordning agenti "Barselona" sport direktori Deku bilan uchrashdi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025, 11:31
"Barselona" va "Borussiya D" Markus Reshford uchun kurashmoqda.

Mashhur insayder Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, MYU hujumchisining agenti kecha "Barselona" sport direktori Deku bilan Lissabonda uchrashgan. Kataloniyaliklar Reshfordning transferiga qiziqishmoqda, forvardning o'zi ham Ispaniyaga ko'chib o'tishga qarshi emas. Lekin, Markusning transferi Erik Garsiya va Ansu Fatining kelajagiga bog'liq. Yani, yuqoridagi ikki futbolchidan biri "Barselona"ni tark etishi kerak bo'ladi. Bundan tashqari, Reshfordga "Borussiya D" ham qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning keltirishicha, dordmundliklar o'tgan qishda Jeydon Sanchoni MYUdan ijaraga olgan shartlar bilan Reshfordni ham o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano