Reshford: "Barselona" PSJ emasligini bilamiz"

Mirjalol Normatov
15 apr 2019, 20:27
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford YCHLning chorak finali doirasida "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz o'zimizga ishonamiz. Ammo barcha tushunib turibdiki, "Barselona" - PSJ emas. Bu umuman boshqa kontekstdagi o'yin. Ayni damda biz g'alaba uchun harakat qilishimiz kerak", - dedi Reshford.

Ilk o'yinda "Yunayted" o'z maydonida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN