Reshford APLda mavsum startini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
14 iyul 2021
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford 2021/22 yilgi mavsum startini o'tkazib yuborishi mumkin.

23 yoshli o'yinchi elkasidan operaciya qilinishi kerak. Seshanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, natijada shifokorlar jarrohlik amaliyoti o'tkazilishini ma'lum qilishdi, ammo kerakli jarroh faqat avgust oyida bo'ladi.

Operaciyadan so'ng Reshford 12 hafta davomida o'ynay olmasligi va maydonga oktyabr oyida qaytishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: BBC