“Renn” yarim himoyachisi Alessandrini “Marsel”ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014, 17:36
“Renn”ning fransiyalik yarim himoyachisi Romen Alessandrini “Marsel”ning bu mavsumdagi ilk yangi futbolchisiga aylandi.
Shartnoma haqida klub matbuot xizmati xabar berdi, futbolchining klub bilan shaxsiy kelishuvlari hozircha ma'lum emas.

25 yoshli Alessandrini “Genon” va “Klermon” klublarida to'p surgan. Oxirgi ikki yil esa “Renn” libosida maydonga tushib kelmoqda. O'tgan mavsumda futbolchi 27 uchrashuvda maydonga tushib , 6ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com