"Real"ning sobiq futbolchisi Xitoy jamoasiga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
6 iyun 2018, 20:57
"Sevilya", "Real" va "Arsenal" sobiq futbolchisi Xose Antonio Reyes faoliyatini Xitoyda davom ettiradi.

“L’Equipe” xabariga ko'ra, 34 yoshli vinger "Sinczyan Tyan-Shan" jamoasiga o'tishga rozilik bergan. Ushbu klub Xitoyning ikkinchi chempionatida o'ynaydi.

Reyesning so'nggi jamoasi "Kordoba" bo'lgandi, u yozda jamoani erkin agent sifatida tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Еquipe