"Real"ning "Leganes"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi e'lon qilindi

29 okt 2019, 21:15
"Real" La Liga 11-turi doirasida "Leganes" bilan bo'ladigan uchrashuv uchun qaydnomani ma'lum qildi.

Tarkibdan kutilganidek, Beyl va Xames tushib qolishgan. Uelslik futbolchi shaxsiy muammo sabab Londonga jo'nab ketgan va u yerda jarohatidan tiklanishni davom ettiradi. Kolumbiyalik yarim himoyachi esa farzandli bo'lganligi tufayli Kolumbiyada bo'lib turibdi.


Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube;

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Benjamen Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Federiko Valverde, Isko;

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Luka Yovich, Lukas Vaskes, Rodrigo Goes.


"Real" – "Leganes" uchrashuvi ertaga, 30 oktyabr kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com