"Real"ni boshqarishi mumkin bo'lgan uchinchi nomzod nomi ham ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 okt 2018, 20:44
"Real" prezidenti jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o'rniga yana bir nomzod topib qo'ydi.

AS xabariga ko'ra, Peres hozirda Gutini "Santyago Bernabeu"ga qaytarish haqida o'ylamoqda. Ayni damda u "Beshiktosh"da faoliyatini olib bormoqda. 41 yoshli murabbiy "Real"da o'ynagani uchun qanday ishlashni biladi, deb hisoblaydi Florentino Peres.

Bunga qadar "Real"ni boshqarish uchun Antonio Konte va Santyago Solarining nomzodlari ilgari surilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS