"Real"ga yangi hujumchi kerakmi?

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2017, 14:01
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, Alvaro Morataning "Chelsi"ga o'tganidan so'ng Madrid jamoasi hujumchiga muhtoj.

"Ayni damda bizga hujumchi kerak. Morata o'tgan mavsum bizga ko'p yordam berdi" - deydi Zidan.

Oldinroq, fransiyalik mutaxassis "Real" rahbariyatidan Morata ketsa yangi forvard so'ramasligi e'lon qilingan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Zidan jamoada hujumkor futbolchilar etarli deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca