"Real"ga "Bavariya" vingerining xizmatlari taklif etildi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2025
Vositachilar "Real"ga "Bavariya" vingeri Leroy Saneni taklif qilishdi.

U hozircha Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolamagan bo'lib, kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Bu esa "Real"ga Saneni bepul qo'lga kiritish imkoniyatini beradi.

Avvalroq OAVda "Bavariya" Sane bilan kelishuvni uzaytirishning yakuniy bosqichida ekanligi haqida ma'lumotlar chiqqandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes