"Real" yangi homiyga ega bo'ldi

Оқил Абдубарноев
2 fev 2024, 00:48
"Real Madrid" HP bilan homiylik shartnomasi tuzdi.

Marca nashrining yozishicha, Amerikaning texnik qurilma va dasturiy taminot etkazib beruvchi kompaniyasi "Real Madrid"ning eng yirik homiylaridan biriga aylanadi.

Madridliklar futbolkalarining englarida HP logotipi paydo bo'ladi. Kelishuv bo'yicha "Real" hisob raqamiga tushadigan summaga aniqlik kiritilmagan.

"Real Madrid" shartnomani juma kuni e'lon qilishi kutilmoqda. Bugun klub ijtimoiy tarmoqlarda videorolik bilan rasmiy bayonotni e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca