

22 yoshli futbolchining transfer narxi 70 million evroni tashkil qilmoqda.
Xakimi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va aynan shuning uchun ham madridliklar bu transfyerdan pul olishadi.
Qoidaga ko'ra, 12- 23 yoshli futbolchilarning transferi summasining 5 foizi uni tarbiyalagan klublarga beriladi. Xakimi 19 yoshgacha "Real" akademiyasi a'zosi hisoblangan. Shu sababli ham "Real" mazkur transfer orqali 2,1 million evro ishlab olishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xakimi bir yil oldin "Real"dan "Inter"ga 40 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.



