"Real" Virc uchun kurashga qo'shildi

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2021
"Bayer" futbolchisi Florian Virc Yevropa top-klublari e'tiboriga tushishda davom etmoqda.

18 yoshli futbolchi uchun bungacha "Manchester Siti", "Bavariya" va "Chelsi" jamoalari qiziqish bildirishatgandi. Endilikda ushbu kurashga "Real" ham qo'shildi. "Bayer" futbolchining transferidan 100 million evro ishlamoqchi. 

Virc ushbu mavsumda "Bayer" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobga 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.






Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS