"Real" vingeri jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2019
Realning hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi, deya xabar beradi Marca.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 4 yoki 5 haftani o'tkazib yuboradi. Shu bois, Dias LaLiganing yangi mavsumi doirasidagi Selta qarshi birinchi tur uchrashuvida ham qirollik klubining qaydnomasidan joy olmasligi mumkin. Mazkur bahs 17 avgustga belgilangan. 

Ispaniyalik vinger o'tgan mavsum madridliklar safida 9 o'yinda qatnashib, 1+1 natijasiga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca