Real va Barselona Ispaniya kubogida faqat finalda to'qnash kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 noya 2013, 19:16
Real va Barselona Ispaniya kubogida finaldan oldin to'qnash kelishmaydi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Kubokning 1/16 finalida Real Olimpik de Shativga qarshi, Barselona esa Kartaxenaga qarshi o'ynaydi.

Atletikoning raqibi esa Sant-Andreu klubi bo'ladi.

1/16 finalning qolgan juftliklari quyidagicha:

Selta - Atletik
Malaga - Osasuna
Vilyarreal - Elche
Real Xaen - Espanol
Las-Palmas - Almeriya
Alkorkon - Granada
Jirona - Xetafe
Rekreativo Uelva - Levante
Leida - Betis
Ximnastik - Valensiya
Rasing - Sevilya
Alxesiras - Real Sosedad
Valyadolid - Rayo Valekano.

1/16 finalning dastlabki o'yinlari 7 va 8 dekabr kunlari, javob bahslari esa 18 dekabrda bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru