"Real" va "Atletiko" Argentina chempionatining eng yaxshi to'purariga qiziqmoqda

Alisher
18 noya 2021, 18:01
"River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvaresga La Liga top-klublari qiziqmoqda.

21 yoshli o'yinchini "Real" kuzatmoqda. "Qaymoqranglilar" agar u hozirgi formasini saqlab qolsa, o'yinchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishlari mumkin.

Argentinalik borasida shuningdek "Atletiko" ham ma'lumot so'ragan.

Oldinroq xabar berilganidek, Alvaresga "Yuventus" va "Milan" tomonidan ham qiziqish bor.

Forvard joriy mavsum "River" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 5ta assist qayd etdi. U Argentina chempionati to'purari hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca