"Real" translyatsiyalar borasida etiroz bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
28 fev 2017, 11:19
"Real" rahbariyati Ispaniya professional ligasiga o'zi ishtirokidagi uchrashuvlar translyatsiyasi borasida etiroz bildiradi.

"Qirollik klubi"dagilarning fikricha, bazi o'yinlardagi translyatsiyalar vaqtida "Real" qoida buzgan vaziyatlar ko'p ko'rsatilmoqda. Gap "Barselona"ga qarshi (1:1) LaLiganing 14-tur bahsi va "Vilyarreal"ga qarshi 24-tur uchrashuvi haqida ketmoqda (3:2). Hakamning bazi qarorlari shubhali bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca