"Real" Toni Kroos borasida rasmiy xabar e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
20 may 2019
Yarim himoyachi Toni Kroos "Real"da ko'proq qoladigan bo'ldi.

"Qirollik klubi" rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, Kroos "qaymoqranglilar" bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2023 yilning yozigacha amal qiladi. Avvalgi bitim 2022 yilda yakunlanishi kerak edi.

Toni Kroos joriy mavsum "Real" safida LaLiganing 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com