"Real" Son Xyon Minni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
5 iyun 2020, 14:25
"Real" "Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Minning xizmatlariga qiziqmoqda.

"Tottenxem" Sonni sotishga tayyor, ammo koreyalik futbolchi uchun kam bo'lmagan kompensaciya talab qilmoqda. "Shporlar" futbolchini 150 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Real" oldinroq "Tottenxem"ning angliyalik hujumchisi Xarri Keyn bilan ham shartnoma imzolashni xohlayotgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Don Balon