"Real" sobiq bosh murabbiyi 3-marta "Korintians"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
2 may 2023
"Korintians" jamoasi Vanderley Lushemburgo yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

70 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2023 yilning 31 dekabriga qadar tuzildi.

Braziliyalik mutaxassis 3-marta klub boshqaruvini qo'lga oldi. Uning qo'l ostida "Korintians" 1998 yilda Braziliya chempioni bo'lgan, keyinroq murabbiy Braziliya terma jamoasiga tayinlov olgan. 2001 yilda Lushemburgo yana o'z lavozimiga qaytgan va San-Paulu shtati chempionatida g'olib chiqqan. Yevropada Vanderley "Real"da ishlagan (2004-2005).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: corinthians.com.br