"Real" "Shaxtyor" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
18 fev 2022
"Real" Doneckning "Shaxtyor" klubi himoyachisi Dodo uchun davogarlik qilmoqda.

Madrid klubi o'ng qanot himoya va Dani Karvaxalga ehtimoliy o'rinbosarlik uchun 23 yoshli braziliyalikning variantini ko'rib chiqmoqda.

"Real"ning futbolchi bo'yicha yozgi transfer oynasida taklif berishi kutilmoqda.

Dodo 2021/22 yilgi mavsum "Shaxtyor" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal