"Real" Salohni olish uchun o'z futbolchisidan voz kechmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 may 2018, 11:02
"Real" "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni xarid qilishga urinib ko'radi.

"Real" prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi misrlik forvardga qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" rahbariyati o'z futbolchisini 200 mln. evroga baholadi, biroq Peres futbolchi berib narxni tushirmoqchi. "Qirollik klubi" misrlik uchun Keylor Navas va katta mablag' taklif qilish niyatida. "Liverpul"da darvozabon borasida muammolar bo'lgani uchun, kelishuv amalga oshish ehtimoli katta.

Agar Saloh "Real"ga ketsa, "Liverpul" rahbariyati "Lion"dan Nabil Fekirni xarid qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, klublar fransiyalikning transferi borasida kelishib olishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon