"Real" Ronalduning qaytishini ko'rib chiqmaydi. Klub bu bosqich yakunlangan deb hisoblaydi

Alisher
17 avg 2021, 17:38
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"ga qaytmaydi.

Oldinroq jurnalist Edu Agirre "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti portugaliyalikni jamoasida ko'rishni xohlayotganini ma'lum qilgan edi.

Italiyalik mutaxassis 36 yoshli o'yinchini yuqori baholaydi va u bilan aloqani qo'llab-quvvatlaydi, ammo "Real" Ronalduni ortga qaytarishni rejalashtirmayapti.

Bir necha oy oldin "Real"ga Ronaldu bilan shartnoma imzolash taklif etilgan, ammo bu taklif ispan grandi tomonidan rad etilgan edi. Madrid klubi Krishtianuning "Real"dagi ishtiroki yakunlangan deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca