

Ayni paytda madridliklar Paulo Dibala, Robert Levanovski hamda Kilian Mbappe bilan qiziqishmoqda.
"Real" ushbu uchala futbolchidan birini jamoaga jalb etmoqchi. Buning uchun "qaymoqranglilar" 100 million evro atrofida pul sarflashmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Paulo Dibalani o'tgan yili ham "Barselona" va "Real"ga o'tishi borasidagi xabarlar tarqalgandi. Ammo "Yuventus" o'z yulduzini sotmasligini takidlagandi.
Robert Levandovski esa 3 yil avval "Real" unga qiziqayotganida Madridga yo'l olishni emas, "Bavariya"da o'ynashni tanlagandi.
Kilian Mbappe esa "Real"da o'ynash istagi borligi haqida bir necha bor aytib o'tgan.



