"Real" Rodrigoni sotishi mumkin, unga "Man Siti" va "Arsenal" qiziqmoqda

Alisher Ostonov
4 may 2025, 13:33
Rodrigo "Real"ni tark etishi mumkin.

Madrid klubi 24 yoshli braziliyalikni sotish haqida o'ylamoqda.

Rodrigoga APLda qiziqish bor - "Manchester Siti" va "Arsenal". Uning boshlang'ich narxi - 100 mln evroga yaqin.

Vinger joriy mavsum "Real" safida La Ligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Relevo