"Real" Raul Asensio bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher Ostonov
20 apr 2025
Madridning "Real" klubi 22 yoshli markaziy himoyachi Raul Asensio bilan mehnat shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi.

Ispaniyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Asensio "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Real"ning kattalar jamoasi safida barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Qirollik klubi" Ispaniya La Ligasining 31-turidan keyin ochkolarini 66 taga etkazib, 2-o'rinda bormoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira