"Real" polshalikka bo'lgan qiziqishlarni yo'qotdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 11:58
"Real" "Jenoa" hujumchisi Kshishtof Pentekka bo'lgan qiziqishlarni yo'qotdi.

AS xabariga ko'ra, italiyaliklar futbolchining transferi uchun 60 million evro so'ragan. Biroq "qirollik klubi"dagilar bu narx katta deb hisoblashgan.

Oldinroq "Jenoa" Ispaniyada yig'in o'tkazayotganidan foydalanib, "Real" futbolchi bilan muzokaralar olib borayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bu mavsumda Pentek Italiya chempionatining 19 o'yinida 13 gol urib, to'purarlar ro'yxatining 2-pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS