"Real" Pogbaga MYUda olayotgan maoshini to'lamoqchi emas

Aslanov Jasurbek
1 may 2019, 18:37
"Real"ning "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga bo'lgan qiziqishi so'nmayapti, ammo klub fransiyalikka u hozir Angliya klubida olayotgan maoshni bermoqchi emas.

Pogbaning "Real"ga o'tishi klubning tijoriy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatishidan qatiy nazar "Qirollik klubi" futbolchiga haftasiga 290 ming funt to'lamoqchi emas.

Joriy mavsum Pogba MYU safida 44ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 11ta golli pas berdi. "Manchester Yunayted" va fransiyalik o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN