"Real" "Napoli" yarim himoyachisini sotib olishni xohlamoqda

Alisher
25 iyun 2019, 10:54
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisga "Real" qiziqmoqda.

Qayd etish kerakki, "qirollik klubi" allaqachon o'yinchi uchun taklif tayyorlab qo'ygan. Faqatgina "Napoli" Ruisni sotishni rejalashtirmayapti va jamoada olib qolmoqchi.

23 yoshli futbolchi "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ijara asosida "Elche"da ham to'p surgan. 2018 yildan esa "Napoli" sharafini himoya qilmoqda.

Tayanch yarim himoyachisi klubida 8-raqam ostida to'p tepadi.

O'yinchi yakunlangan mavsum 46ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS