

Madridliklar muxlislar stadionga qaytgunicha Valdebebasdagi stadionda rasmiy o'yinlarni o'tkazishni rejalashtirmoqda. Klub bu borada Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasidan rasmiy ruxsat olgan.
"Real"dagilar 2021 yil boshiga qadar ushbu stadionda bahslarni o'tkazmoqchi bo'lib turibdi. "Santyago Bernabeu"da o'yinlar bo'lishi uchun hukumat o'yinlarga muxlislarning kirishiga ruxsat berishi kerak.
Demak, "Real" Valdebebasdagi stadionda "Eybar", "Valensiya", "Malorka", "Xetafe", "Alaves" va "Vilyarreal"ga qarshi o'yinlarda qatnashadi. Klub rahbariyati ushbu o'yin uchun abonementlarning pulini muxlislarga qaytarib beradi.
Agarda jamoa YCHL 1/2 finali doirasida "Manchester Siti" to'sig'idan o'tsa, ushbu stadionda YCHL o'yinlari ham bo'lishi mumkin.
Undan tashqari, "Real" sardori Serxio Ramosning takidlashiga ko'ra, "Santyago Bernabeu"da rejalashtirilganidek qurilish ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq LaLiga rahbariyati chempionat 12 iyundan davom etishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqatgandi.



