"Real" muxlislari uchun xushxabar

Aslanov Jasurbek
22 dek 2017, 16:56
"Real" "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 17-tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Oldinroq, individual reja bo'yicha ishlagan hujumchi Krishtianu Ronaldu, bugungi mashg'ulotda umumiy guruh bilan shug'ullandi.

Bazi ispan nashrlari Ronaldu "el-klassiko"gacha to'liq oyoqqa turmasligini e'lon qilishgandi. Portugaliyalik oyog'idagi og'riq tufayli joriy hafta individual reja bo'yicha mashg'ulot o'tkazdi.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Bahs 17:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS