“Real” muxlislari uchun xushxabar

Eldor Akmurzayev
2 mar 2021
Madridliklarning yetakchi futbolchilari Serxio Ramos va Karim Benzema mashg'ulotlarga qaytdi.

Marca yozishicha, son mushaklarini shikastlab olgani tufayli lazaretda bo'lgan Benzema 2 mart kuni individual dastur asosida mashq qilgan. Tizzasidagi jarohat sabab bir oyga yaqin muddatni o'tkazib yuborgan Ramos esa to'p bilan ishlashni boshladi.

Fransiyalik hujumchi 7 mart kuni “Atletiko”ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam berishi kutilmoqda. Jamoa sardori esa YCHL 1/8 finali doirasidagi “Atalanta” bilan javob uchrashuvida (16 mart) maydonga tushishi mumkin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca