"Real" Mbappening xaridi borasidagi rejasini 2021 yilga qoldirdi

Alisher
7 apr 2020, 18:50
"Real" rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni kelasi transferlar oynasida xarid qilmaydi.

Xabarlarga ko'ra, madridliklar francuz futbolchisi borasidagi rejaga 2021 yilning yozida qaytishadi, klub o'sha paytda moliyaviy tarafdan o'zini o'nglashi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, inqiroz sababli Mbappening narxi 200 million evrodan 140 million evroga qadar tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, o'yinchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS