"Real" Mbappega juda katta maosh to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
16 avg 2021, 23:14
"Real" PSJ futbolchisi Kilian Mbappening transferi borasida ishlamoqda.

"Cadena SER" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 22 yoshli futbolchining transferi uchun 120 million evro to'lashga rozi bo'lib turibdi. Shuningdek, 5 yillik shartnoma uchun "qaymoqranglilar" futbolchiga 150 million evro maosh to'lashga tayyorligini aytgan.

Mbappening transfer ishlari shu oy yakunlanishi kerak. Leo Messining transferidan keyin fransiyalik forvard jamoadan ketishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena SER