"Real" matbuot xizmati koronavirusga chalingan futbolchi nomini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 15:57
Oldinroq "Real" jamoasida bir nafar futbolchi koronavirus yuqtirib olgani borasida ma'lumot bergandik.

Unga ko'ra, 22 yoshli himoyachi Eder Militaoning testi musbat natija bergan. Jamoaning qolgan futbolchilarida barchasi joyida va ular navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Inter"ga qarshi o'yin ertaga tunda bo'lib o'tadi. "Real" 2 o'yinda bir ochko jamg'argan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal