"Real" maydonda "Shalke-04"dan 9,4 km kam masofani bosib o'tgan

Aslanov Jasurbek
11 mar 2015, 17:43
Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida "Shalke-04" futbolchilari "Real"ni nafaqat hisobda, balki qora mehnatda ham ortda qoldirgan.

Nemis jamoasi futbolchilari uchrashuv davomida 121,87 km masofani bosib o'tgan, "qaymoqranglilar" esa 112,4 km. Demak, "Shalke-04" futbolchilari 9,4 km ko'proq masofa bosib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" bu o'yinda 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi, ammo birinchi uchrashuvdagi g'alaba (2:0) tufayli, ular keyingi bosqichga yo'l olishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com