"Real Madrid"ning yangi mavsum uchun safar libosini ko'rdingizmi?

Omonjon To`xtamirzayev
27 iyul 2021
Footy Headlines "Real Madrid"ning yangi mavsum uchun safar libosi rasmini chop etdi.

Libos to'q ko'k rangda ishlangan va uning elka va yoqa qismida olovrangli elementlarni ko'rishingiz mumkin. Shuningdek futbolkaga graffiti usulida chizgilar tushirilgan.

Ushbu libosning rasmiy taqdimoti keyingi hafta bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Real"ning texnik hamkori – "Adidas" kompaniyasi.




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia