"Real Madrid" Benzemaga dam bermoqchi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2021, 19:16
Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi 4-tur o'yinida zaxirada qoldiriladi.

Manbaga ko'ra, Benzema Primerada 3 o'yinda va terma jamoada ketma-ket 3 o'yinda maydonga tushgani tufayli hordiq chiqarishi lozim.

Bugungi bahsda uning o'rniga Yovich tushishi kerak edi, biroq unda gastroenterit aniqlangan.

Shu tariqa, Karlo Anchelotti Mariano Dias yoki boshqa futbolchining xizmatidan foydalanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS