Lopetegining iste'fosi "Real"ga qanchaga tushadi?

Narzulla Saydullayev
24 okt 2018, 14:39
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining kursisi qimirlab qolganiga ancha bo'lgan.

SPORT nashri xabariga ko'ra, agar klub uni shartnoma muddati tugamay iste'foga chiqarsa tovon puli sifatida 18 million evrodan biroz ko'proq to'lab berishi lozim bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Lopetegi yozda "Real" bilan uch yillik shartnomaga imzo qo'ygandi. 51 yoshli murabbiyning yillik maoshi 6 million evroga teng.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SPORT