"Real" Kroosning agenti bilan muzokaralarni olib bormoqda

8 iyun 2014, 22:40
"Bavariya" yarim himoyachisi Toni Kroos kelasi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashni istamoqda.
Toni Kroosning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2015 yilga qadar mo'ljallangan. Toni klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi va jamoadan ketish istagi borligini yashirmayapti. "Bavariya" rahbarlari esa Kroos tufayli pul ishlab olishni istashmayapti va Toni shartnomasi yakuniga qadar jamoada qolishini aytishmoqda.

Madridning "Real" klubi esa Krossning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agarda "Bavariya" Kroosni sotishni istamasa, unda kelasi mavsumda Toni erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi mumkin.

Manba: soccer.ru