“Real” klubi Ilyaramendini 38 mln evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi

12 iyul 2013, 16:06
Madridning “Real” klubi “Real Sosedad” bilan, klub yarim himoyachisi Aser Ilyaramendini sotib olish bo'yicha qatiy kelishuvga erishdi.

Futbolchining transfer bahosi 38 mln evroni tashqil etadi, deb xabar beradi Marca.

Ilyaramendining “Real” bilan tuzadigan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan. 22-yoshli fubolchining maoshi esa yiliga 2.5 mln evroni tashkil etishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ilyaramendi Ispaniya chempionatining-2012/13 mavsumida 32 ta o'yinda maydonga tushgan.


Manba: sports.ru