"Real" kamida 90 mln. evro evaziga Moratani qo'yib yuboradi

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2017, 17:12
"Real" rahbariyati jamoa hujumchisi Alvaro Morataning badal pulini kamaytirmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" rahbariyati avvaliga futbolchini transferga qo'yishga qarshi emas edi, biroq ular faqat 90 mln. evro evaziga Moratani sotishi mumkin.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Morataga ishonch bildirmoqda va u bilan xayrlashish niyatida yonayotgani yo'q. Klubdagilar Alvaro Morataning so'nggi mavsumdagi o'yinida mamnun.

Morata LaLiganing so'nggi mavsumida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca