"Real" Kamavinga jiddiy jarohat olganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023
Futbolchi yaqin orada jamoaga yordam berolmaydi.

Madridning "Real" klubi rasmiy sayti yarim himoyachi Eduardo Kamavinga Fransiya terma jamoasi safida jarohat olganini tasdiqladi.

Futbolchiga o'ng tizzaning tashqi tayanch bog'lami yorilishi tashxisi qo'yilgan. Oxirgi xabarlarga ko'ra, futbolchining tiklanishi uchun 8-10 hafta kerak bo'ladi.

21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com