"Real" hujumchisi uchun "Napoli" da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
13 mar 2020, 22:14
"Real" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"AS" xabariga ko'ra, ayni damda "Napoli" serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun yetakchilik qilmoqda. "Real" ham agarda xaridor yaxshigina mablag' to'laydigan bo'lsa, forvarddan voz kechishga tayyor turibdi.

22 yoshli Yovich o'tgan yozda 60 mln evro evaziga "Real"ga o'tgandi. U jamoa tarkibida 15 o'yinda 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS