“Real” hujumchisi APLga ko'chib o'tmoqchi emas

Mariano Dias Madrid klubida qolishni istamoqda.

Diasga ayni damda “Tottenxem” va “Arsenal” qiziqish bildirmoqda. Ammo futbolchining o'zi APLga ko'chib o'tishni emas, Madrid klubida qolishni xohlamoqda. Mariano asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor. Avvalroq futbolchining xizmatlariga “Milan” va “Roma” ham qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.


Manba: Sportsmole