"Real" futbolchisi yangi mavsumni "Arsenal"da o'tkazadi

Alisher
2 sen 2020
"Real" xavbeki Dani Sebalos yana bir mavsum "Arsenal"da ijara asosida to'p tepadi.

24 yoshli ispaniyalik futbolchining ijara shartnomasida "Arsenal" uni xarid qilish huquqiga egaligi borasida band yo'q.

Xabarlarga ko'ra, "Real" hali ham xavbekka ishonch bildirmoqda va uni sotib yuborishni xohlamayapti.

Dani Sebalos o'tgan mavsum "Arsenal" safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal