"Real" futbolchisi "Sevilya"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2019, 19:12
"Real" himoyachisi Serxio Regilon ijara asosida "Sevilya"ga o'tdi.

Bu haqda "Qirollik klubi" rasmiy sayti e'lon qildi.

Ijara shartnomasi 2020 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Sevilya"ni "Real" sobiq ustozi Xulen Lopetegi boshqarmoqda.

Serxio Regilon yakunlangan mavsumda LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com