Real – Eybar. Modrich va Morata maydonga tushishga tayyorlar

Aslanov Jasurbek
30 sen 2016
Real yarim himoyachisi Luka Modrich va hujumchi Alvaro Morata umumiy guruhga qaytishdi.
O'tgan kuni futbolchilar mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishgandi. Modrich va Morata YCHL doirasidagi Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yinda (2:2) olingan jarohatlarini davolab bo'lishdi.

Ular bugun Eybarga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotda umumiy guruhda shug'ullanishdi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: as.com